Rivojlanish strategiyasi

„DEUTSCHE KABEL AG TASCHKENT“ QK OAJ NING
O’RTA VA UZOQ MUDDATLI
RIVOJLANISH STRATEGIYASI

Preambula

Kompaniyaning biznes boshqaruvi strategiyani ishlab chiqish, uni O’zbekiston Respublikasi ichki bozorida kompaniya faoliyatining o’ziga xos xususiyatlariga moslashtirish va keyinchalik amalda tadbiq etishga asoslanadi.

Kompaniyaning strategiyasi – Yevropaning yuqori malakali tajribasiga asoslangan, keng qamrovli korporativ boshqaruv rejasidir. U kompaniyaning bozordagi barqaror mavqeini va ilg’or rivojlanishini ta’minlash, turdosh tarmoqlar va qishloq xo’jaligi yetkazib beruvchilarining sa’y-harakatlarini muvofiqlashtirish, mijozlar ehtiyojini qondirish, muvaffaqiyatli raqobat va „DEUTSCHE KABEL AG TASCHKENT“ OAJ QK doirasida global maqsadlarga erishish uchun mo’ljallangan. „. Kompaniya strategiyasini ishlab chiqish jarayoni biznesni rivojlantirishning barcha mumkin bo’lgan yo’nalishlarini chuqur o’rganishga asoslanadi. Bu asosiy yo’nalishni, istiqbolli bozor segmentlarini, xizmat ko’rsatish ehtiyojlarini, raqobat usullarini, jalb qilingan resurslarni va boshqaruv usullarini tanlashdan iborat. Boshqacha qilib aytganda, strategiya kompaniyaning rivojlanish yo’lini, bozorlarni, raqobat usullarini va biznesni tanlashini anglatadi.

Strategiyani ishlab chiqish, joriy etish va amalga oshirish Kompaniya rahbariyatining ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. Kompaniya rahbariyati strategiyani ishlab chiqadi va Kompaniyaning biznes modelini tanlash uchun javobgardir. Strategiya samaradorlik uchun mezonlarni yaratadi, raqobatdosh ustunlik hissini yaratadi, mijozlarni qondirish va yuqori ko’rsatkichlarga erishish uchun harakatlar rejasini belgilaydi. Agar tashkilotning o’z, hamma omillarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan, strategiyasi bo’lmasa, uning faoliyati o’z ma’nosini yo’qotadi, raqobatbardoshligini yo’qotadi, ichki turg’unlik va past natijalarga olib keladi. Bundan tashqari Kompaniya rahbariyati „suniy“ nazorat qilish usullaridan ortiqcha foydalanmasdan, alohida bo’linmalar, bo’limlar va menejerlar guruhlarining ishini muvaffaqiyatli bo’lishi maqsadida, ularning barcha harakatlari birgalikdagi hamkorligi orqali amalga oshirishi, kompaniyaning barcha bo’linmalari, ya’ni, ishlab chiqarish, marketing, moliya, mijozlarga xizmat ko’rsatish, kadrlar, axborot texnologiyalari va boshqalarining faoliyatini samarali ravishda muvofiqlashtirishi lozim.

Agar strategiya mavjud bo’lmasa, kompaniya rahbariyati barqaror daromad, bozor ehtiyojlarini qondirish, soliq imtiyozlari, bandlik va boshqalar kabi asosiy ko’rsatkichlarga erishishni ta’minlaydigan biznes modelini shakllantirishga qodir emas.

Kompaniyaning umumiy strategiyasi Kompaniya biznesining rivojlanishi va o’sishiga imkon beradi va shu bilan birga biz Kompaniyaning kelajagiga yetarli darajada sarmoya kiritish uchun mablag‘larni ajratamiz va ishlab chiqarish uchun barcha sharoitlarni yaratamiz. Kabel, sim mahsulotlari va po’lat sim mahsulotlarni ishlab chiqarish kompaniya biznesining asosiy tarkibiy qismi bo’lib,

ushbu an’anaviy ixtisoslashuv sohasi kelajakdagi rivojlanishi uchun asosiy imkoniyatlarni taqdim etish uchun mo’ljallangan.

Shuningdek, biz yangi avlod kabel va sim mahsulotlarini ishlab chiqamiz va targ’ib qilamiz.

Kompaniyaning strategiyasi va kelajagining istiqbolli qarashlari quyidagi tamoyillar asosida shakllantiriladi:

MAQSADIMIZ

Kompaniyaning asosiy maqsadi – kabel va sim, mis va po’lat mahsulotlariga bo’lgan mavjud ehtiyojlarni o’z vaqtida va to’liq qondirish, ishlab chiqarish jarayonlari samaradorligini oshirish, eksport hajmini doimiy ravishda oshirish, xomashyo yetkazib beruvchilar, o’rash va boshqa materiallar va komponentlarni yetkazib beruvchi xodimlar, distribyutorlar bilan hamkorlik aloqalarini o’rnatishdan iborat.

Biz uchun “Etakchilik” tushunchasi miqdoriy ko‘rsatkichlardan ko‘ra ko‘proq narsani anglatadi. Jamiyat barqaror rivojlanishga faqat biznes yuritishga mas’uliyat bilan yondashish orqali erishish mumkinligiga amindir. Biz uchun yetakchi bo‘lish – bu biznesni tashkil etishning yuqori darajasi, eng yaxshi mutaxassislar va yuqori sifatli mahsulotlarga ega bo‘lgan mas’uliyatli jamiyatning obro‘sini har kuni tasdiqlash demakdir.

Ustuvor vazifalar – O‘zbekiston Respublikasi asosiy bozorida kompaniyasining barqaror faoliyatini ta’minlash, Turkiya va Yevropa Ittifoqi bozorlarida tayyor mahsulotlar segmentiga kirish, raqobatbardosh brendlar portfelini rivojlantirish, o’rta narx segmentida diversifikatsiya va etakchilikka urg’u berish.

KOMPANIYA STRATEGIYASI O’ZIDA TO‘RTTA USTUVOR YONALISHNI O’Z ICHIGA OLADI:

• O’SISH

• ISHLAB CHIQARISHNING UNUMDORLIGI

• MAS’ULIYAT

• G’ALABA SARI INTILISH

I. I. STRATEGIYA ELEMENTLARI

A. O’sish

O’z faoliyatini kengaytirish orqali kompaniyaning o’sishi, iste’molchilarning xohish-istaklarini tushunish va qondirish – kompaniyaning miqdoriy va qiymat jihatidan barqaror bozor ulushini ta’minlashning tabiiy va yagona yo’lidir. Kompaniya elektr va boshqaruv kabellari, havo elektr uzatish liniyalari uchun simlar, mis simli mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirishni davom ettiradi.

Bunda asosiy e’tibor miqdoriy (ekstensiv) ko’rsatkichlariga emas, balki sifat (intensiv, mahsulot sifatini yaxshilash bilan bog’liq) o’sishni ta’minlashga qaratiladi. Taxminlarga ko’ra, bunday o’sish iste’molchilarni aholining ixtiyoriy daromadlarining umumiy o’sishi bilan uzviy bog’liq bo’lgan arzon segmentlardan yuqori sifatli segmentlarga bosqichma-bosqich yo’naltirish orqali ta’minlanadi. Ushbu o’sishning natijasi nafaqat bozor hajmining qiymat ko’rinishida o’sishi, balki shu bilan bog’liq ravishda advalor xususiyatdagi soliqlardan (shu jumladan QQS) soliq tushumlarining ko’payishi, zamonaviy va samarali energiya texnologiyalar va ishlab chiqarishning rivojlanishi bo’lishi kerak.

B. ISHLAB CHIQARISHNING UNUMDORLIGI

Kompaniyaning samaradorlikka yondashuvi, birinchi navbatda, ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonlari samaradorligini oshirish uchun Kompaniyaning ko’lami va resurslaridan foydalanishdan iborat.

Kompaniya uchun unumdorlik oddiygina xarajatlarni kamaytirish bilan cheklanmaydi va birinchi navbatda mavjud resurslar va aylanma mablag’lardan oqilona va samarali foydalanish, mahsulot sifatini doimiy ravishda yaxshilagan holda foydani oshirish uchun resurslarni boshqarish, samarali ta’minot zanjirini rivojlantirish, shuningdek, ishlab chiqarishda bilvosita xarajatlarni qisqartirishdan iborat. Natijada, biznesni barqaror rivojlantirish vektorini mustahkamlashga hissa qo’shadigan qayta investitsiyalar uchun qo’shimcha mablag’lar ajratilishiga imkoniyatlar tug’iladi.

C. Mas’uliyat

Kompaniya o’z aktsiyadorlari va xodimlarining uzoq muddatli manfaatlarini ko’zlab ish yurituvchi ijtimoiy mas’uliyatli tadbirkorlik sub’ekti hisoblanadi. Kompaniya o’z faoliyatini amalga oshirishda jamoatchilikning keng ko’lamli talablarini hisobga oladi, bu esa, o’z navbatida, uning barqaror rivojlanishini ta’minlaydi.

Tijorat muvaffaqiyati yaxshi korporativ xulq-atvor va boshqaruvdan ajralmas omillardan biridir. Kompaniya faoliyati Yevropa tamoyillari asosida qurilgan Biznes boshqaruvi tamoyillariga asoslnadi, bu esa o’z navbatida ijtimoiy mas’uliyat va korporativ boshqaruv nuqtai nazaridan bizning tasavvurimizdagi Kompaniyani qanday bo’lishini tasvirlaydi

Kompaniya kabel sanoatini oqilona boshqarilishi tarafdori bo’lib, u mahsulot iste’molchilarning va umuman jamiyat manfaatlarini hisobga olinishi, standartlashtirilgan mahsulotlardan foydalanish bilan bog’liq xavflarni ochiq va ob’ektiv ravishda kamaytirilishini, shuningdek jahonning yetakchi yutuqlarini hisobga olgan holda barqaror va normativ-huquqiy sohaning evolyutsiyasini ta’minlaydi.

D. G’ALABA SARI INTILISH

Jamiyatning maqsad va vazifalarini faqat xodimlargina amalga oshirishga qodir. Kompaniyada ajoyib ish natijalarini namoyish etish istagi va qobiliyatiga ega bo’lgan va shu tariqa Kompaniya biznesini oldinga siljitadigan professional xodimlar ishlaydi.

Kompaniya xodimlar doimiy ravishda rivojlanishlari, tajriba almashishlari va yangi bilimlarni egallashlari kerak, deb hisoblaydi. Shu bilan birga, kompaniya xodimlar o’z ishlaridan zavqlanadigan muhit yaratishga intiladi. Bu o’zgarish va innovatsiyalarni qadrlaydigan ochiq korporativ madaniyatidan dalolat beradi.

Kompaniya tashkilotning barcha darajalarida etakchilik fazilatlarini rivojlantirishga katta ahamiyat beradi. Kompaniyadagi har qanday bo’g’inning rahbarlari strategik fikrlashga ega bo’lishi, innovatsion echimlarni amalga oshirishi va o’z jamoasi a’zolariga Kompaniya biznesiga sezilarli hissa qo’shishiga yordam berishi kerak.

II. ASOSIY PRINSİPLAR

A. Mas’uliyat orqali erkinlik

Kompaniya har doim jamiyatga nisbatan to’g’ri va mas’uliyatli yondashishga intiladi. Biz iste’molchilar manfaatlarini ko’zlab qaror qabul qilish erkinligidan foydalanamiz.

Kompaniyadagi qarorlar turli darajalarda qabul qilinishi va iste’molchiga imkon qadar yaqin bo’lishi kerak. Tegishli qarorlar qabul qiladigan xodimlar, ushbu qarorlar uchun javobgar bo’lishlari kerak.

B. Xilma-xillikdagi kuch

Biz har bir xodimning individualligini hurmat qilamiz va yuksak qadrlaymiz va birgalikda ishlashdan zavqlanamiz. Bizning kuchimiz odamlar, madaniyatlar, nuqtai nazarlar, brendlar, bozorlar va g’oyalar xilma-xilligidir. Biz har birimiz noyob ekanligimizni qadrlaymiz.

C. Tadbirkorlik ruhi

Biz barcha bog’liq xavflarni hisobga olgan holda mavjud va yangi o’sish imkoniyatlardan faol ravishda foydalanishga va har qanday to’siqni dadil yengib o’tishga tayyormiz. Bunday yondashuv biznesimiz muvaffaqiyatining kalitidir.

Qiyin vaziyatga qaramay, Jamiyat o’sishi va rivojlanishi davom etmoqda. Biz doimo muvaffaqiyatga erishish uchun yangi imkoniyatlarni qidiramiz va ulardan foydalanishga qo’rqmaymiz. Biz o’z ishimizga innovatsion usullarni qo’llaymiz va oqilona tavakkalchilik ishimizning ajralmas qismi ekanligiga ishonamiz.

D. Ochiqlik

Ushbu tamoyil Kompaniyaning tashqi aloqalar sohasidagi faoliyatini va bizning biznesimiz bilan bog’liq bo’lgan har bir kishi bilan qanday munosabatda bo’lishimizni tavsiflaydi. Kompaniya jamoatchilik fikrini tinglashga, zamonaviy davlat va jamiyat bizga qo‘yayotgan qonunchilik talablarining mazmun-mohiyatini chuqur o‘rganishga, o‘z oldiga mas’uliyatli tadbirkorlik tamoyillarini qaror toptirishga va ularga amal qilishga intiladi. Kompaniya kelajakka yo’naltirilgan va mijozlarimizga yuqori sifatli, innovatsion mahsulotlarni taklif qilish orqali ularning umidlarini qondiradi. Biz yangi biznes yondashuvlariga ochiqmiz.

Kompaniya o’z strategiyasidan kelib chiqib, quyidagi qadamlarni qo’yish va quyidagi yo’nalishlarni rivojlantirishni amalga oshiradi:

1. Mahsulotlarni sotish hajmi:

  • Maksimal vazifa: kelgusi besh yil davomida kabel va mis mahsulotlari va po’lat simlardan ishlab chiqarilgan buyumlarning sotilishining barqaror o’sishini ta’minlash. Yiliga kamida 10% o’sish barqaror deb hisoblanadi. Joriy yil narxlarida eksport hajmi 7 yil ichida 2,5 barobar oshirilishi kerak. Mahsulotlarning sotilishidan tushgan umumiy daromad keyingi 3 yil davomida har yili kamida 15% ga oshishi kerak.
  • Minimal vazifa: shunga o’xshash kabel va sim mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi raqobatdosh tarmoqlarning rivojlanish tendentsiyasini hisobga olgan holda, yuqoriga yoki pastga 10% dan ko’p bo’lmagan og’ish bilan barqaror ishlab chiqarish hajmlarini saqlash.

2. Yangi loyihalar va ishlab chiqarishlarni joriy etish.

3. Mahsulotlarni eksport qilish:

  • Yuqori qiymatli korxona mahsulotlari uchun potentsial eksport bozorlarini o’rganishni davom ettirish. 10 yil ichida eksport hajmini 2,5 barobarga oshirish

4. Energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish va uskunalarni modernizatsiya qilish:

  • Yangi uskunalarni sotib olish yoki mavjud ishlab chiqarish uskunalari kompleksini chuqur modernizatsiya qilish (2023-2025 yillar);
  • Kompaniyaning ishlab chiqarish va yordamchi sexlarini texnik qayta jihozlash.

5. Xarajatlarni kamaytirish va optimallashtirish:

  • Eksport mahsulotini ishlab chiqarishda xarajatlarni optimallashtirish imkoniyatlari va mexanizmini ishlab chiqish – 2023 yil;
  • Xarajatlarni optimallashtirish bo’yicha o’z yondashuvlarida bandlikni barqaror darajada saqlash tamoyiliga ustuvor ahamiyat berish.

6. Kompaniyaning foydasi:

  • Minimal vazifa: 2023 yildan 2026 yilgacha 2022 yilga nisbatan barqaror sof daromadga erishish. 10% dan ko’p bo’lmagan yuqoriga yoki pastga og’ish ko’rsatkichlari barqaror hisoblanadi;
  • Maksimal vazifa: 2023 yildan 2026 yilgacha bo‘lgan davrda sof daromadning 2022 yilga nisbatan barqaror o‘sishini ta’minlash. Yiliga kamida 15% sof foyda o’sishi barqaror hisoblanadi;